<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Masihiylar zoʻr boʻladi</title>
<lyrics>[V1]
 Masihiylar zoʻr boʻladi
 Otam farzandi boʻladi
 Uylariga mehmon kelsa
 Boshlari osmon boʻladi

[V2]
 Suvdek tiniq soʻzlari
 Yerga qaramas yuzlari
 Eʼtiborli boʻlsangiz
 Qoʻli koʻksida choy beradi

[V3]
 Koʻngli ochiq farishtalar
 Saramjonu sarishtalar

[V4]
 Qoʻllarida Kalomi bor
 Tillarida Xudo Soʻzi bor
 Agar uni eshitsangiz
 Masih gavhar durlari bor

[V5]
 Soʻzlaridan toʻlar koʻngil
 Biri opa, biri singil
 Agar uni eshitsangiz
 Masih gavhar durlari bor
 Tunda ibodatda boʻladi
 Koʻp-koʻp roʻzalar tutadi
 Insonlar-chun qaygʻuradi
 Oxiri obod boʻladi
 Bir-birimiz quvvatlasak
 Xudo bizga yor boʻladi</lyrics>
</song>